De la Fuente: “Men futbolchilarga tarix bilan uchrashuv kutayotganini aytdim”
Qo‘shimcha bo‘limlarda futbolchilarga o‘yin uslubimizni o‘zgartirmaslikni eslatdim.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH–2026 finali oldidan futbolchilarga aytgan so‘zlari haqida gapirdi.
"Men ularga: «Janoblar, bizni tarix bilan uchrashuv kutmoqda va biz birinchi bo‘lishimiz shart», dedim.
Uchrashuvdan keyin ayrim futbolchilar keyingi maqsadlarimiz nima bo‘lishini so‘rashdi. Men ularga sentyabr oyida navbatdagi o‘yinlarimiz borligini aytdim. Oldimizda hali qo‘lga kiritishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab yutuqlar turibdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa futbolchilarga o‘yin uslubimizni o‘zgartirmaslikni eslatdim. Chunki biz raqibdan ustun o‘ynayotgan edik", — dedi de la Fuente.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.