Chexiya terma jamoasi ustozi Miroslav Koubek rekord o‘rnatdi
74 yoshli mutaxassis Ugo Broosning rekordini yangilab, jahon chempionatlarida ishlagan eng keksa murabbiyga aylandi.
Chexiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek jahon chempionatidagi eng keksa mutaxassisga aylandi.
Jahon chempionatining "A" guruhi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Chexiya va Janubiy Koreya terma jamoalari maydonga tushdi. Bellashuvda Osiyo qit’asi vakillari kichik kambekni amalga oshirib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Chexlar ustozi Miroslav Koubek esa turnir rekordchisiga aylandi. Gap shundaki, 74 yoshli mutaxassis Ugo Broosning rekordini yangilab, jahon chempionatlarida ishlagan eng keksa murabbiyga aylandi.
Koubek shogirdlari 2-turda 18-iyun kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi.