«Chelsi» Lyuis Xoll uchun kurashni davom ettirmoqda
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hozircha muzokaralarda faqat kichik yutuqqa erishgan. Shu sabab «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisini yana ortga qaytarish imkoniyatini yo‘qotmagan.
«Chelsi» «Nyukasl» chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni ortga qaytarish umididan voz kechmayapti.
Hozircha 21 yoshli futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Biroq Transfer News Live jurnalist Saymon Fillips ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, «Chelsi» ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va transferni amalga oshirish imkoniyati hali saqlanib qolganiga ishonmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hozircha muzokaralarda faqat kichik yutuqqa erishgan. Shu sabab «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisini yana ortga qaytarish imkoniyatini yo‘qotmagan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Lyuis Xollning transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachi 12 yil davomida «Chelsi» akademiyasi va yoshlar tizimida faoliyat olib borgan, shundan so‘ng «Nyukasl» safiga ko‘chib o‘tgan edi.