Bugun tunda Jahon chempionatining yana to‘rtta ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ladi
JAhon chempionati ishtirokchilari birin-ketin aniqlanmoqda.
Iyun-iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlari Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi. Bugun turnirning yana 4ta ishtirokchi terma jamoasi nomi aniqlanadi.
UEFA pley-off bosqichi o‘yinlari juftliklari:
Bosniya va Gersogovina - Italiya
Bosniya terma jamoasi pley-offning dastlabki bosqichida Uelsga qarshi bahs olib bordi. Dastlab Daniel Jeyms gol urib, Uelsni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 86-daqiqada Edin Jeko hisobni tenglashtirdi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotereyada esa Bosniya g‘alaba qozonib, so‘nggi bosqichga yo‘l oldi. Italiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiya bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda Sandro Tonali va Moyze Kingning gollari " skuadro adzurra"ga g‘alabani taqdim etdi.
Bosniya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 23:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Chexiya - Daniya
Chexiyaliklar pley-offning so‘nggi raundiga Irlandiya terma jamoasini mag‘lub etgan holda yetib keldi. Bu bellashuv chexlar uchun oson kechmadi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida durang natijasi kuzatildi 2:2 va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlardi. Seriyada esa 4:3 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, Petr Chex vatandoshlari Jahon chempionati chiptasi uchun yana bir qadam tashladi. Daniya esa nisbatan osonroq o‘yin o‘tkazdi. Shimoliy Makedoniyaga qarshi kechgan bahsda Mikkel Damsgard, Kristian Nyorgardning gollari va Gustav Isaksonning dubli Daniyaga yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Chexiya - Daniya uchrashuvi Pragada 31-mart kuni soat 23:45da start oladi.

Kosova - Turkiya
Futbolida katta o‘sish kuzatilayotgan Kosova o‘z tarixida Jahon chempionatiga eng yaqin kelgan davrni o‘tkazmoqda. Pley-offning so‘nggi raundiga ular Slovakiyani gollar shousiga aylangan bahsda mag‘lub etish orqali yetib keldi. Uchrashuvda ustunlik Slovakiya tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, yakunda vaziyatlardan unumliroq foydalangan Kosova 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va pley-offning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi. Tarkibi yildan yilga yulduzlarga to‘lib borayotgan Turkiya esa Ruminiyaga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv turklarning to‘liq nazorati ostida o‘tdi. Kenan Yildiz va Arda Gyuler shu kuni o‘zining fenomenal o‘yinlarini namoyish etib berishdi. Yakunda esa Turkiya minimal hisobda raqibidan ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Kosova - Turkiya bahsi 31-mart kuni soat 23:45da boshlanadi.

Shvetsiya - Polsha
2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan Shvetsiya terma jamoasi bu galgi Jahon chempionatida ishtirok etisha jiddiy bel bog‘lagan. Pley-offning dastlabki bosqichida shvedlar Ukrainaga qarshi maydonga tushdi. Viktor Dyokereshning benefisiga aylangan uchrashuvda Shvetsiya raqibdan 3:1 hisobida ustun keldi. Polsha esa Albaniyaga qarshi bahs olib bordi. Robert Levandovski yetakchiligidagi polyaklar ushbu bahsda kichik hisobda g‘alaba qozondi 2:1. Shu tariqa, ular pley-offning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi.
Shvetsiya - Polsha uchrashuvi ham 31-mart kuni soat 23:45da start oladi.