Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.
Bugun Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining yarim final bahslariga start beriladi.
E’tiborli tomoni ushbu bosqichda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi-ham ishtirok etadi. Vakillarimiz final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim final yo‘lida Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida taslim etgan bo‘lsa, Yaponiya o‘smirlari qo‘shnilarimiz Tojikiston futbolchilarini yirik 5:0 hisobida tor-mor etgan edi. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki terma jamoa ham jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan.