Bugun Abduqodir Husanov Angliya kubogini qo‘lga kiritishi mumkin
"Shaharliklar" Angliya Premyer-ligasining chempionligini deyarli yutqazgan bo‘lsalar-da, mamlakat kubogida g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand qilishga urinishlari tabiiy.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan Angliyaning "Manchester Siti" klubi mamlakat kubogi final uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib Londonning "Chelsi" klubi bo‘ladi. Ushbu bahsni Abduqodir Husanov katta ehtimol bilan asosiy tarkibda boshlaydi. "Shaharliklar" Angliya Premyer-ligasining chempionligini deyarli yutqazgan bo‘lsalar-da, mamlakat kubogida g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand qilishga urinishlari tabiiy.

Muhim uchrashuv oldidan bir qator sport nashrlari ikki klubning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Jumladan, “Sports Mole” talqiniga ko‘ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibdan joy olishi kutilmoqda.
“Sports Mole” versiyasiga ko‘ra, “Manchester Siti”: Trafford; Nunes, Husanov, Gexi, O’Rayli; Gonsales, Bernardu; Semeno, Sherki, Doku; Holand.
“Sports Mole” versiyasiga ko‘ra, “Chelsi”: Sanches; Gusto, Fofana, Kolvill, Xato; Jeyms, Kaysedo; Palmer, Fernandes, Kukurelya; Pedro.
Shuningdek, “shaharliklar” faoliyatini yoritib keladigan CityXtra ham o‘z taxminlarini ma’lum qildi. Nashrning yozishicha, Husanov zaxiradan o‘yinni boshlaydi.
Trafford; Nunes, Stouns, Ake, O’Rayli; Niko, Bernardu, Sherki; Foden, Holand, Doku.
Ushbu bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.