Bruno Fernandesh xet-triklar soni bo‘yicha Ronaldoga tenglashdi
Fernandesh 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh klub safida qayd etgan xet-triklari soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldoning natijasini takrorladi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, Fernandesh APLning 2-turida “Ipsvich Taun”ga qarshi uchrashuvda uchta gol urdi. “Manchester Yunayted” bahsda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu portugaliyalik futbolchining “Manchester Yunayted” safidagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu ham mankunianliklar safida 3 marta xet-trik qayd etgan.
Fernandesh 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi.
Keyingi turda “Manchester Yunayted” 6-sentabr kuni safarda “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.