Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan gala konsert doirasida mamlakatimizning san’at va madaniyat shaydosi bo‘lgan minglab iste’dod egalarini bir sahnada jamlagan “ – Bo‘zatov Fest –2026” tanloviga start berildi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, 20 – 28-aprel kunlari tanlovning shahar va tuman, 11 – 20-may kunlari hududiy bosqichlar, 30-may – 7-iyun kunlari respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda opera, an’anaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 3 yosh toifasida iste’dodlar bellashadi. Birinchi o‘rin egalari 50 million so‘m, ikkinchi o‘rin 30 million so‘m, uchinchi o‘rinlar esa 20 million so‘m, finalchilarning har biri 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ta’kidlash joizki, ijodkor yoshlarning eng sevimli tadbiriga aylangan ushbu yirik tanlov yigit-qizlarning o‘z iqtidorlarini keng ommaga namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.