Bonuchchi Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy tanlab berdi
Italiya jahon futbolida o‘ziga bo‘lgan hurmatni qaytarishi kerak.
Italiya milliy terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi terma jamoasi uchun yangi murabbiy tavsiya qildi.
"Italiya terma jamoasi bosh murabbiy lavozimiga Xosep Gvardiolani taklif qilishi kerak. Hozir eng muhimi jamoani qaytadan qurish kerak. Italiya jahon futbolida o‘ziga bo‘lgan hurmatni qaytarishi kerak. Terma jamoamiz yana qayta katta jamoaga aylanishi shart. Bunga esa biroz vaqt va yaxshi mutaxassis kerak. Ayni vaqtda Italiyada iste’dodli yosh futbolchilar ko‘p, biroq ularni ochib beradigan shaxs kerak. Gvardiola bularni amalga oshirishda katta yordam bergan bo‘lardi", - dedi Bonuchchi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi mundialni ham o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.