
“Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida Jamoatchilik kengashi “SOS – bolalar mahallasi”, Mehribonlik uylari bolalarining Toshkent hayvonot bog‘iga sayohati tashkil etildi.
Ekskursiya ishtirokchilari – 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning ko‘zlarida olam-olam quvonch namoyon. Zero, ushbu tadbir karantin boshlanganidan buyon o‘tgan sakkiz oy davomida ilk sayohat sifatida bolajonlar qalbiga katta taassurotlar bilan muhrlandi.
Hayvonot bog‘iga sayohat davomida bolalarga homiylar tomonidan tushlik uyushtirib berildi.
Ushbu tadbir Jamoatchilik kengashining Toshkent hayvonot bog‘i bilan rejalashtirilgan hamkorligi doirasidagi ilk qadamdir.








Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA