Boks: yangilangan reytingda charm-qo‘lqop ustalarimiz nechanchi pog‘onalarni band etdi?
World Boxing tashkiloti joriy yil iyun oyi holati uchun bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangilangan reytingning erkaklar yo‘nalishidagi 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchilikni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan 4 tasida Qozog‘iston vakillari qayd etilgan.
Jumladan, Abdumalik Xalakov(-60), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev(-65), Fazliddin Erkinboyev(-75), Javohir Ummataliyev(-80), Akmaljon Isroilov(-85) va To‘rabek Habibullayev(-90) o‘z vaznlarida ro‘yxatning eng yuqorisidan o‘rin egalladi.
Shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Jahongir Zokirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahzod Muzaffarov, Asilbek Jalilov, Shodiyor Meliqo‘ziyev, Abdurahmon Muhammadjonov, Dilshod Abdumurodov, Abdulloh Madaminov, Shavkat Boltayev, Jasurbek Yo‘ldoshev, Halimjon Mamasoliyev kabi bokschilarimiz reytingning kuchli o‘nligida keltirib o‘tildi.
Bokschi xotin-qizlar ro‘yxatida esa Sabina Boboqulova(3), Feruza Kazakova(9), Nigina O‘ktamova(10), Sitora Turdibekova(12), Navbahor Hamidova(3), Aziza Zokirova(4) va Ruxshona Parpiyeva(5) munosib o‘rinlarni band etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA