“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida vorkaut bo‘yicha Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining vorkaut sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralab olingan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, o‘zining kuch-g‘ayrati, jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, epchilligi, shuningdek, iroda va matonatini namoyon etdi.
[gallery-30315]
Vorkaut sporti yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumani vakili Javlon Sobirjonov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Davlatobod tumanidan Mirzohid Hamidov va Yangi Namangan tumani vakili Husniddin Mahmudovga nasib qildi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA