Benzema “Arsenal”ga, Zinchenko “Manchester Yunayted”ga taklif qilindi
Har ikki futbolchining erkin agent maqomida ekani klublarga transfer oynasi yopilganidan keyin ham ular bilan shartnoma imzolash imkonini beradi.
Angliyaning Evening Standard nashri transfer oynasi yopilganidan keyin ham tarkibini kuchaytirishga ehtiyoji bor APL klublari uchun erkin agentlar bozoridagi variantlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Nashr Karim Benzemani “Arsenal” uchun qisqa muddatli yechim sifatida ko‘rsatmoqda. 38 yoshli fransiyalik hujumchi faoliyati davomida yuqori to‘purarlik ko‘rsatkichlarini qayd etgani sababli londonliklarning hujum chizig‘iga tajriba qo‘shishi mumkinligi ta’kidlangan.
Shuningdek, sobiq “Arsenal” va “Manchester Siti” futbolchisi Aleksandr Zinchenko “Manchester Yunayted”ga tavsiya qilindi. 29 yoshli ukrainalik chap qanot himoyachisi Lyuk Shouga raqobatchi bo‘lishi, zarurat tug‘ilganda esa yarim himoyada ham o‘ynashi mumkin.
Har ikki futbolchining erkin agent maqomida ekani klublarga transfer oynasi yopilganidan keyin ham ular bilan shartnoma imzolash imkonini beradi.