Balogun: “Diskvalifikatsiyam bekor qilingani hazildek tuyulgandi”
Rostini aytsam, bunga ishonmadim.
AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun JCH–2026da Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasidan keyin FIFA tomonidan diskvalifikatsiyasi vaqtincha bekor qilingani haqida fikr bildirdi.
"Faoliyatim davomida avval ham qizil kartochka olganman. Albatta, bu yoqimli holat emas. Ammo bu safar chetlatilganimdan juda hayratda qoldim. Menimcha, tomoshabinlarning aksariyati ham shunday bo‘lgan.
Shunchaki bo‘lgan voqeani qabul qilishim kerak edi. Kiyinish xonasiga qaytib, jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatladim. Ularning g‘alaba qozonishiga umid qilgandim va shunday ham bo‘ldi.
Keyin esa kutilmagan voqea yuz berdi. Murabbiy menga: “Tayyor bo‘l. Shunchaki tayyor bo‘l”, dedi.
Buni u final hushtagi yangragan zahoti aytdi. Avvaliga bu shunchaki ruhiy tayyorgarlik haqida bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Ammo Belgiya bilan o‘yindan ikki kun oldin maydonga tushishim mumkinligi haqida xabar keldi.
Rostini aytsam, bunga ishonmadim. Avvaliga hazil deb o‘yladim. Keyin esa ijtimoiy tarmoqlarda bu masala qanchalik keng muhokama qilinayotganini ko‘rib, hammasi rost ekanini tushundim", — dedi Balogun.
Eslatib o‘tamiz, FIFA intizom qo‘mitasi Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda olingan qizil kartochka uchun berilgan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyani vaqtincha to‘xtatgan va Balogunga Belgiyaga qarshi nimchorak final uchrashuvida maydonga tushishga ruxsat bergan edi. Shundan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp FIFAga minnatdorlik bildirgan, keyinchalik esa ushbu holatni FIFA prezidenti Janni Infantino bilan shaxsan muhokama qilganini ma’lum qilgan.