Ansu Fati jahon chempionatiga bormoqchi
Lamin Yamalning jarohat olgani esa Fati uchun mundial eshiklarini ochishi ham mumkin.
"Monako" klubi vingeri Ansu Fati jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida bo‘lishiga ishonmoqda.
O‘z vaqtida Kataloniyaning "Barselona" klubida yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, yangi Messi deya tariflangan Ansu Fati jahon chempionatiga borishdan umid qilmoqda. Futbolchi qayta tiklanish jarayonini yaxshi o‘tkazmoqda. Statistika bo‘yicha olib qaralsa, Fati ayni vaqtda eng ko‘p gol urayotgan ispaniyalik futbolchi bo‘lib turibdi. U o‘rtacha har 111 daqiqada gol urmoqda. Ferran Torres 126 daqiqada va Lamin Yamal har 153 daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ymoqda.
Lamin Yamalning jarohat olgani esa Fati uchun mundial eshiklarini ochishi ham mumkin.