Andijonda askarlar Vatanga qasamyod qildi
FOTOREPORTAJ
Andijon garnizoniga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni boshlagan yosh askarlarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangrab, saf tortgan askarlar Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga tantanali ravishda qasamyod qabul qildi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar yosh askarlarni ushbu sharafli burch bilan tabriklab, Vatan himoyasi yo‘lida fidoyi bo‘lishga chaqirdi. Harbiy xizmatni sidqidildan o‘tash, intizomga qat’iy rioya qilish va yurt tinchligini asrash har bir yigitning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi.
[gallery-29040]
Tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi, ofitser va serjantlar tarkibi, muddatli harbiy xizmatchilar, ularning ota-onalari va yaqinlari, shuningdek, mahalliy hokimlik vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, nuroniylar, harbiy faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ularning ishtiroki marosimga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarda Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissini mustahkamladi.
Shuningdek, tadbir doirasida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA