Amad Dialloning yagona goli Kot-d’Ivuarga g‘alaba keltirdi
Shu tariqa, Kot-d’Ivuar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatining 1-tur bahslari davom ettirilmoqda.
"E" guruhidan joy olgan Kot-d’Ivuar hamda Ekvador terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuv tengkurashlar ostida o‘tdi. Bir necha marta to‘p darvoza to‘siniga tegdi. Hujumlar qanchalik aniq bo‘lmasin, to‘p darvozaga kirishni istamadi. Faqatgina uchrashuv asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Amad Diallo gol urib, "Afrika fillari"ga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, Kot-d’Ivuar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.