Agrar soha mutaxassislari tayyorlanayotgan maskan
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 2021-yil Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali bazasida tashkil etilgan. Maskan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda oliy ta’lim dargohida 197 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilayotgan bo‘lib, ular orasida 10 nafar fan doktori (DSc), 89 nafar fan nomzodi (PhD) hamda dotsentlar mavjud. Bu ko‘rsatkich institutda ta’lim sifati yuqori darajada ekanligini va ilmiy izlanishlarga katta e’tibor qaratilayotganini tasdiqlaydi.
[gallery-29031]
Institutda 20 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3086 nafar talaba tahsil olmoqda.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2025-yil davomida institutning 34 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy davlatlardagi universitetlar va ilmiy tashkilotlarda stajirovka va amaliyot o‘tab qaytdi. Joriy yilda esa 150 nafar talaba xorijiy davlatlarda qisqa muddatli ilmiy va amaliy stajirovkalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu esa talabalarning xalqaro tajribaga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Institut “Agrobank” ATB hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabi” va “Suvchilar maktabi” nomli 2 oylik o‘quv kurslarini tashkil etgan. Ushbu kurslar qishloq yoshlarini tadbirkorlikka yo‘naltirish va amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA