Abbosbek Fayzullaev: O'zim Messining muxlisi bo'lsam ham, Ronalduning o'yini menga yoqadi
U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri va u maydonda hali ham nimanidir hal qila olishiga shubha yo‘q.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Bashakshexir" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026-yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi bilan bo‘ladigan uchrashuvdan nimalarni kutayotganini ma’lum qildi.
- Sizningcha, Portugaliya hozir Ronaldu bilan kuchlimi yoki usizmi?
"Ehtimol, pressingda - usiz. Ammo Krishtianu maydonda bo‘lganida, bu jamoaga ishonch bag‘ishlaydi. U istalgan paytda o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri va u maydonda hali ham nimanidir hal qila olishiga shubha yo‘q"
— Unga qarshi chiqish paytini kutyapsizlarmi?
"Juda-juda kutaman, albatta. Televizorda uning o‘yinini ko‘rganimda doim shuni orzu qilardim. O‘zim Messining muxlisi bo‘lsam-da, Krishtianu ham menga juda yoqadi. Unga qarshi o‘ynash, albatta, orzu", - dedi Fayzullaev.
O‘zbekiston terma jamoasi mundialda Portugaliyadan tashqari, Kolumbiya va Kongo DR jamoalari bilan ham kuch sinashadi.