Zlatko Dalich BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Dalich iyul oyida Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan. U qariyb to‘qqiz yil davomida jamoani boshqargan.
Xorvatiyalik mutaxassis Zlatko Dalich Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda BAA Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«BAA Futbol assotsiatsiyasi xorvatiyalik Zlatko Dalichning BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Kosmin Oleroyu 2026-yilgi jahon chempionati saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng may oyida iste’foga chiqarilgandi.
Dalich iyul oyida Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan. U qariyb to‘qqiz yil davomida jamoani boshqargan.
Mutaxassis qo‘l ostida Xorvatiya 2018-yilgi jahon chempionatida kumush medal, 2022/23-yilgi Millatlar ligasida kumush medal hamda 2022-yilgi mundialda bronza medalni qo‘lga kiritgan.
2026-yilgi jahon chempionatida esa xorvatlar 1/16 final bosqichida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan.