«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri bo‘yicha ikkinchi taklifini ham rad etdi
"Shaharliklar" Rodri transferi uchun 80 million yevro talab qilmoqda.
«Manchester Siti» yarim himoyachi Rodri transferi bo‘yicha «Barselona»ning ikkinchi taklifini ham rad etdi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Avvalroq kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchi uchun «Manchester Siti»ga 60 million yevro atrofida taklif yuborgani ma’lum qilingandi. Biroq ingliz klubi bu taklifni qabul qilmagan va Rodri transferi uchun 80 million yevro talab qilmoqda.
«Manchester Siti» bundan avval «Barselona»ning taxminan 45 million yevrolik dastlabki taklifini ham rad etgandi.
Rodri 2025/26-yilgi Angliya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 5 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq ushbu bahslarda samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.