Toshkentda ilk bor xalqaro musiqa ta’limi forumi o‘tkazilmoqda (+video)
Sun’iy intellekt endi faqat texnologiya sohasida emas — u musiqa va madaniyat ta’limiga ham kirib kelmoqda. Madaniyat va ta’limda sun’iy intellektning ahamiyati mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada maqomdan tortib raqamli kompozitsiyagacha, milliy merosdan tortib virtual ta’limgacha — forumda musiqa ta’limining yangi bosqichi muhokama qilinmoqda.
18-19-may kunlari bo‘lib o‘tayotgan forumda AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya va boshqa qator davlatlardan 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy mutaxassis ishtirok etmoqda.
Ular orasida rektorlar, professorlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar va san’at namoyandalari bor.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LVHRahXeV4g" title="Toshkentda ilk bor xalqaro musiqa ta’limi forumi o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA