Roberto Martines: “Ronaldu terma jamoa uchun namuna bo‘lib qolmoqda”
Ularning raqobati ikkala o‘yinchining ham yanada rivojlanishiga yordam berdi.
Roberto Martines O‘zbekiston ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi taqqoslashlarga munosabat bildirdi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi har ikki futbolchi futbol tarixida alohida o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, Ronalduning hozirgi jamoaga ta’sirini alohida e’tirof etdi.
"Bu futbolni o‘zgartirib yuborgan futbolchilar. Ularning raqobati ikkala o‘yinchining ham yanada rivojlanishiga yordam berdi. Krishtianu bugungi kunda terma jamoa uchun qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatib berayotgan futbolchi.
Uning kiyinish xonasidagi munosabati namuna darajasida. Ronaldu doimo yuqori intizom namoyish etadi. Men uning nomidan xursandman, u bunga loyiq. Hozirning o‘zidayoq tiklanish jarayonini boshlab, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning o‘ziga xosligi aynan mana shu soddalikda", — dedi Martines.
Portugaliya milliy terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va ikki turdan so‘ng 4 ochko bilan "K" guruhi ikkinchi o'rinni egallab turibdi.