Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga qarshi o'yindagi dubldan so'ng: men qaytdim
Seshanba, 23-iyun kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda portugallar raqibni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bahsdagi o'z o'yiniga hissiyotlarga boy tarzda munosabat bildirdi.
Seshanba, 23-iyun kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda portugallar raqibni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur o'yinda 41 yoshli Ronaldu dubl qayd etdi. Bu natija orqali u oltita Jahon chempionatida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, Krishtianu JCHlardagi gollari sonini 10 taga yetkazib, Portugaliya terma jamoasining musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purari unvonini ham qo'lga kiritdi.
"Men qaytdim!" — deya hayqirdi Krishtianu hakamning yakuniy hushtagidan so'ng to'g'ri kameraga qarab.
Ushbu g'alabadan keyin Portugaliya 4 ochko bilan "K" guruhi peshqadamiga aylandi. JCH-2026 guruh bosqichining so'nggi, 3-turida portugallar 28-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.