Orolbo‘yi turizmi rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkor
FOTOREPORTAJ
Orolbo‘yining turistik salohiyatini keng targ‘ib etish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yishda xususiy tadbirkorlar faol ishtirok etmoqda. Ana shunday tashabbuskorlardan biri – “Muinak Tour” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Amina Bekjonova.
Kompaniya 2017-yildan buyon Mo‘ynoq tumani, Orol dengizining qurigan tubi, Ustyurt platosi hamda Qoraqalpog‘istonning tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelmoqda. Turistlarga transport, gidlik, joylashtirish va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
[gallery-30461]
Amina Bekjonova turizm bilan birga etnoturizm va hunarmandchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, 2023-yilda Nukus shahridagi “Ashshi ko‘l” sohilida hunarmandchilik etnoturistik dam olish majmuasi tashkil etildi.
Tadbirkorning mehnati davlat tomonidan munosib e’tirof etilgan. U turli yillarda “Turizm fidoyisi” va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari, shuningdek, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Ayni paytda turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi mehmon uylarini tashkil etish hamda Orolbo‘yiga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA