OʻzA loyihasi - tafakkurni oʻzgartirgan asar
OʻzA “Tafakkurni oʻzgartirgan asar” rukni ostida jahonga mashhur badiiy, ilmiy-ommabop, psixologik, tarixiy va falsafiy asarlar tahlilini berib boradi.
OʻzA “Tafakkurni oʻzgartirgan asar” rukni ostida jahonga mashhur badiiy, ilmiy-ommabop, psixologik, tarixiy va falsafiy asarlar tahlilini berib boradi. Maqsadimiz – kitobxonlikka hissa qoʻshish. Kolumnist Sevara Alijonova.
Bugun Abu Homid Imom Gʻazzoliyning “Mukoshafat-ul qulub” asari tahlili bilan tanishasiz. Unutmang, kitob qarshisida jamiki narsalar nursiz boʻlib qoladi.
QALBLARNING KASHSHOFI KIM?
Inson halokati va jamiyat tanazzulining bosh sababi – gʻayriinsoniy tuygʻular va xatti-harakatlardir. Kibru havo, shuhratparastlik, riyo, hasad, zolimlik, adolatsizlik kabi tushunchalar kimdaki kurtak otsa, bunday sifatli odamlar qaysiki jamiyatda koʻp boʻlsa, halokat shundadir. Xoʻsh, borligʻimizga singib, qalblarimizni koʻr qilgan bu qusurlardan qutulmoqning imkoni bormi?
Bir hikmat ahlidan soʻradilar:
- Aqlli kimsa uchun eng quvonarli narsa nima, hazinlikni eng koʻp bartaraf qila oladigan narsachi? Gʻamginlikdan eng koʻp nima qutqaradi?
- Aqlli kishi uchun eng quvonarli narsa oʻlmasdan oldin qilgan goʻzal amallaridir. Gʻamginlikdan eng koʻp qutqaradigan narsa esa Allohning hukmiga rozi boʻlmoqlikdir.
- Insonlarning eng gʻamgini hasadchilar, eng qobili qanoatlilar, eng koʻp ozor koʻruvchilari harislar va ochkoʻzlar, tirikchilikdan qiynalmaydiganlari havoyi nafsini cheklaganlar va dunyoga topinmaganlar, eng koʻp afsuslanuvchilari gunohkor olimlardir.
- Alloh oʻrtaga qoʻygan axloq asoslariga moslashish va nafsning zavqu safo orzusini sindirish uchun nafsing bilan jihod qil! Oz uxla, oz soʻyla. Bemaʼni gapirmaslik, insonlarga va boshqa jonzotlarga aziyat bermaslik va oz yemak – bularning bari nafsning havoyi istaklariga gʻov qoʻymoq demakdir. Oz uxlagan odam toʻgʻri tushunish malakasiga ega boʻladi. Kamgap odam bir qator ofatlardan omon qoladi. Insonlarga va boshqa jonzotlarga azob bermagan odam bir qator maqsadlariga yetishadi. Kam tomoq odam nafsning shahvoniy istaklarini qiynalmay bartaraf qila oladi. Tiqib-bosib yeyish qalbni koʻr qiladi, unda insoniy feʼl-atvorlarning yoʻq boʻlishiga sabab boʻladi. Oz yemak qalbni nurlantiradi. Mechkaylik va davomli toʻqlik esa kishini Allohdan uzoqlashtiradi.
- Ey oʻlim farishtasi, ziyoratga keldingmi yo jonimni olganimi?
- Ziyoratga keldim.
- Sendan bir talabim bor.
- Nima ekan u?
- Ajalim yaqinlashib, jonimni olmoqchi boʻlganingda menga sal oldinroq xabar bersang...
- Juda soz. Senga ikki yo uch xabarchi yuboraman.
- Ziyorat maqsadida keldingmi yo jonimni olganimi?
- Joningni olgani!
- Axir, sen menga oldindan xabar bermoqchi eding-ku?! Ikki yo uch xabarchi yuboraman, deganding. Qani xabar berganing?
- Men aytganimni qildim: 1. Sochlaring oldin qora edi, oqardi. 2. Vujuding oldin kuchli edi, keyin quvvatdan qoldi. 3. Qadding oldin tik edi, endi bukildi. Ey, Yoqub, mana senga uch narsa, oʻlimdan oldin insonlarga mening yuborgan xabarchilarimdir.
- Kimningki soʻzi hikmatsiz boʻlsa, u soʻz botildir. Kimningki sukuti tafakkursiz boʻlsa, u sukutda xatolik bor. Kimningki qarashi ibrat olish uchun boʻlmasa, u bir xursandchilikdir.
- Dunyo hayotiga eʼtiborli boʻling. Zero, u Horut va Morut (Horut va Morut – Bobil xalqiga azobdan saqlanish uchun sehr oʻrgatgan ikki sehrgar, mohir sehrboz farishta (malak)lar)dan ham sehrgarroqdir.
Hikmat ahllaridan yana biri shularni aytadi:
Buyuk fiqhshunos olim Imom Gʻazzoliyning Islom va inson oldidagi eng buyuk xizmati shundaki, ul zot ana oʻsha illatlarga tashxis qoʻygan. Bu illatlar uya quradigan joy “inson ruhi”, “inson qalbi” boʻlgani uchun asarni “Mukoshafat-ul qulub” deb nomlagan. “Mukoshafa” degan arabcha soʻz bizda “koʻrinmaydigan narsalarni ochish”, “kashf etish” maʼnosini bildiradi, yaʼni insonning oʻzi uchun tushunarsiz boʻlgan hodisani inkishof yoʻli bilan bilib olishi deganidir. Allohning zot va sifatlarini, boshqa ilohiy sirlarni anglab yetish degan maʼnosi ham bor bu soʻzning. Kitobning nomini keng maʼnoda “qalblarni bosib yotgan gʻayriinsoniy feʼl va tuygʻularning kashfi” desa ham boʻladi. Mana necha asrlardan buyon u insoniyat uchun ziyo manbai boʻlib xizmat qilib kelmoqda, iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga, jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik xamda saodat yoʻllarini koʻrsatmoqda.
“Mukoshafat-ul qulub” ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda insoniy his-tuygʻular mohiyati hadis va rivoyatlar misolida ochib beriladi. Ikkinchi qismda esa koʻplab mavzularga takroran murojaat etilib, oʻzimizni, qalbimizdagi neki bor – uni kashf etishimizga yana-da urgʻu berilgan. Bizni qanday tuygʻular boshqarayotganini, ular bizni qay yoʻl tomon eltayotganini anglasakkina, amalda sobit boʻlamiz, taskin va halovat topamiz. Aks holda, besh kunlik dunyo hayotini besamar yellarga sovurib, oxir afsus-nadomat komida qolishimiz mumkin.
Koʻpincha “Allohdan qoʻrqasanmi?” soʻrogʻiga “Ha” yoki “Allohdan qoʻrqaman” debhech ikkilanmay javob beramiz. Allohdan qoʻrqishning asl mohiyati nima oʻzi? Asarda keltirilishicha, Allohdan qoʻrqishning alomati yetti narsada namoyon boʻladi: til, qalb, koʻz, meʼda, qoʻl, oyoq va itoatda.
Imom Gʻazzoliy asarda ana oʻsha yetti alomatni tushuntirish, tavsif etish yoʻlidan boradi. Ular orqali biz yelib-yugurayotgan dunyo hayotining naqadar aldamchi va oʻtkinchi, oʻzni fido qilishga arzimasligini anglab yetamiz. Bu asarni bir marta mutolaa qilgan odam gʻaflat uyqusidan uygʻonib, qalb koʻzlarini ochishi tayin. Ayrim mavzularga toʻxtalib oʻtsak.
Nafs tarbiyasi
Mashhur avliyolardan biri Yahyo ibn Maoz nafs haqida shunday deydilar:
Gʻaflat
Gʻaflat nadomatni orttiradi. Gʻaflat neʼmatning qoʻldan ketishiga sabab boʻladi. Gʻaflat Alloh yoʻlini pardalaydi. Gʻaflat hasadning kuchayishiga, kishining ozorlanishiga sabab boʻladi.
Yoqub alayhissalom bilan oʻlim farishtasi Azroil birodarlardek uchrashib turishardi. Bir kuni Azroil ziyoratga kelganida, oralarida shunday suhbat boʻlib oʻtdi.
Bu suhbatdan birmuncha vaqt oʻtgach, Hazrat Yoqubning ajali yaqinlashdi. Oʻlim farishtasi yana keldi. Hazrat Yoqub soʻradi:
Tafakkur
Hasan Basriy shunday dedi:
Alloh bizga yuborgan kitobi – Qurʼonda qayta-qayta tafakkurdan bahs etadi va fikrlash kerak, deb buyuradi. Mana, Allohning buyruqlari:
Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun ibratli dalillar borligi shubhasizdir. (Oli Imron surasi, 190-oyat)
U (Alloh) fikrlab, ibrat olmoqchi boʻlgan yoki shukr qilmoqchi boʻlgan kishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) oʻrnini bosuvchi qilib qoʻygan zotdir. (Furqon surasi, 62-oyat)
Dunyo hayoti
Paygʻambarimiz (s.a.v.) shunday buyurdilar:
Hazrat Iso deydiki: “Dengiz toʻlqini ustiga kim uy qura oladi? Mana, dunyo hayoti shudir. Uni abadiy qarorgoh qilaman deb oʻylamang”.
Allohni va uning buyukligini tanigan odam undan qattiq qoʻrqadi va kelgusida azobga duchor boʻlmaslik uchun nafsini hozirdan tarbiyalab boradi va qilgan gunohlari ustidagi pardalar ochilib, Alloh huzuriga keltirib muhokama qilinishi natijasida jahannamga otilmasidan burun ilohiy axloq asoslariga rioya qiladi.
Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Homid Gʻazzoliy asarda “insonning koʻngli qachon taskin, halovat topadi”, degan savolga “qachonki u qalblarning kashshofi boʻlmish Allohning hukmiga rozi boʻlsa, dunyo hayotining oʻtkinchi xoyu-havaslariga emas, oxiratdagi yuksak maqom va Allohning vasliga intilsa, Alloh u bandaning koʻnglidagi gʻamni ketkazib, xotirjamlik degan nurni joylaydi”, degan gʻoyani ilgari suradi.
“Mukoshafat-ul qulub” Sharqda “Hujjat ul-Islom” rutbasi bilan mashhur boʻlgan Gʻazzoliyning necha asrlar ilgari yoqqan yuzlab mashʼalalaridan bir donasidir. “Bu mashʼala sochgan mangu soʻnmas ziyo dastalari zamonlar osha soʻngsizlik sari oqib borgusidir. Inson nasli to qiyomatgacha mavjud boʻlarkan, bu asar ham insoniyat uchun mangu ziyo manbai boʻlib, azob-uqubatlar, gʻam-tashvishlar va behuzurliklar ichida iztirob chekayotgan shaxslar, siymolar va millatlarga huzur-halovat va baxt-saodat yoʻllarini koʻrsatajak”.