JCh-2026: Gana terma jamoasi uchrashuvning so‘nggi soniyalarida kiritilgan gol evaziga Panamani taslim etdi
O‘yin davomida har ikki jamoada qator imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida kiritildi.
Gana milliy terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turi doirasida Panama terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozondi — 1:0.
O‘yin davomida har ikki jamoada qator imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida kiritildi.
Bahsning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 5-daqiqada (95-daqiqa) ganalik yarim himoyachi Kaleb Yirenkiy raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.