Messi JCH-2030 musobaqasida ishtirok etishi borasidagi savolga javob berdi
Bugun, 24-iyun kuni forvard 39 yoshni qarshi oldi.
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi. Bugun, 24-iyun kuni forvard 39 yoshni qarshi oldi. Messi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi — argentinalik yulduz hisobida 18 ta gol mavjud.
"Bilmayman. Ochig'ini aytsam, hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Bu juda uzoq istiqboldagidek tuyuladi… Avval ham aytganimdek, men bugungi kun bilan yashayman va bor e'tiborimni hozirgi zamonga qaratganman", — dedi Messi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 2022-yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan edi.