JCh-2026: Bosniya va Gersegovina terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi
Futbol bo‘yicha Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Barbares joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar Shimoliy Amerika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Yakuniy qaydnomadan 26 nafar futbolchi joy olgan.
Terma jamoaning yakuniy tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: Nikola Vasil («Sankt-Pauli», Germaniya), Martin Zlomislich («Riyeka», Xorvatiya), Osman Hadjikich («Slaven Belupo», Xorvatiya).
Himoyachilar: Sead Kolashinas («Atalanta», Italiya), Amar Dedich («Benfika», Portugaliya), Nihad Muyakich («Gaziantep», Turkiya), Nikola Katich («Shalke», Germaniya), Tarik Muharemovich («Sassuolo», Italiya), Stepan Radelich («Riyeka», Xorvatiya), Dennis Hadjikadunich («Sampdoriya», Italiya), Nidal Chelik («Lans», Fransiya).
Yarim himoyachilar: Amir Hadjiaxmetovich («Xall Siti», Angliya), Ivan Shunjich («Pafos», Kipr), Ivan Bashich («Astana», Qozog‘iston), Jenis Burnich («Karlsrue», Germaniya), Ermin Maxmich («Slovan», Slovakiya), Benyamin Taxirovich («Brondbyu», Daniya), Armin Gigovich («Yang Boyz», Shveysariya), Kerim Alaybegovich («Red Bull Zalsburg», Avstriya), Esmir Bayraktarevich («PSV», Niderlandiya).
Hujumchilar: Ermedin Demirovich («Shtutgart», Germaniya), Yovo Lukich («Universitatya Kluj», Ruminiya), Samed Bajdar («Yagelloniya», Polsha), Xaris Tabakovich («Borussiya Myunxengladbax», Germaniya), Edin Jeko («Shalke», Germaniya).