Lamin Yamal: «Vaqt keldi»
Ispaniya milliy terma jamoasi dushanba kuni JCh-2026 musobaqasida ishtirok etadigan yakuniy tarkibni rasman e’lon qildi. Bosh murabbiy Luis de la Fuentening yakuniy ro‘yxatidan kutilganidek «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal ham joy oldi.

Mazkur xabar e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, 18 yoshli iqtidorli futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida maxsus post qoldirdi. Yosh yulduz Ispaniya terma jamoasi libosidagi suratini joylashtirib, unga qisqa va lo‘nda qilib: «Vaqt keldi», deya izoh qoldirdi.
Qayd etish joizki, og‘ir jarohat sababli Lamin Yamal «Barselona» tarkibida 2025/2026-yilgi mavsumning yakuniy qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi. Avvalroq mahalliy va xorijiy matbuotda yosh vingerning jarohatidan tiklanish jarayoni cho‘zilishi va u Ispaniya terma jamoasining jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuviga qadar safga qayta olmasligi haqida xavotirli xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining o‘zi va murabbiylar shtabi uning turnirga tayyorligiga ishonch bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya milliy terma jamoasi Shimoliy Amerika yashil maydonlaridagi o‘z yurishini joriy yilning 15-iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv bilan boshlaydi.