Jahon kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi
FOTOREPORTAJ
Italiyada bo‘lib o‘tgan «XXXXXIII-INTERAMNIA WORLD CUP – 2026» xalqaro musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritgan «RKOR Tashkent» jamoasi Vatanimizga qaytib keldi.
Bugun erta tongda Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida jahon kubogi sohiblarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘olib jamoani O‘zbekiston gandbol federatsiyasi, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati, murabbiylar, sportchilar, ularning ota-onalari hamda keng sport jamoatchiligi vakillari samimiy qarshiladi.
Tantanali tadbirda jamoa a’zolarining xalqaro maydonda erishgan yuksak natijasi mamlakatimizda gandbol sport turini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy sport maktabining salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim yutuq sifatida e’tirof etildi.
[gallery-30478]
«RKOR Tashkent» jamoasining mazkur muvaffaqiyati o‘zbek gandboli xalqaro maydonda tobora yuksalib borayotganining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘lib, mamlakatimiz sportchilari nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etish va yuqori natijalarga erishish salohiyatiga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA