Holand Iroq bilan o‘yinda dubl qayd etib, navbatdagi super-rekordini o‘rnatdi
Holand bunga qadar o‘zi ishtirok etgan yana to‘rtta nufuzli musobaqaning debyut uchrashuvlarida ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan edi:
Norvegiya Milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Holand JCh-2026 guruh bosqichi doirasida Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (4:1) dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, iqtidorli forvard o‘zi uchun debyut hisoblangan qator yirik turnirlardagi golli seriyasini muvaffaqiyatli davom ettirdi.
Holand bunga qadar o‘zi ishtirok etgan yana to‘rtta nufuzli musobaqaning debyut uchrashuvlarida ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan edi:
Chempionlar ligasi: Holand "Zalsburg" safida debyut o‘yinida "Genk" darvozasiga xet-trik yo‘llagan (o‘shanda Avstriya klubi 6:2 hisobida g‘alaba qozongan);
Bundesliga: Dastlabki bahsda Dortmundning "Borussiya"si tarkibida "Augsburg"ga qarshi o‘yinda (5:3) zaxiradan maydonga tushib, 23 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan va jamoasiga g‘alaba keltirgan;
Premer-liga: "Manchester Siti" safidagi debyutida "Vest Xem" darvozasiga g‘alaba keltiruvchi dublni rasmiylashtirgan (2:0);
Millatlar ligasi: Norvegiya milliy jamoasidagi ilk uchrashuvidayoq gol urishga erishgan, biroq o‘shanda uning jamoasi Avstriyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.