Fojiaga yonilg‘i uzilishi sabab bo‘ldimi? Xitoydagi halokat bo‘yicha yangi dalillar
2022-yil 132 insonning halokatiga sabab bo‘lgan aviahalokat bo‘yicha yangi ma’lumotlar jiddiy savollarni kun tartibiga olib chiqdi. AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi – NTSB e’lon qilgan hisobotda parvoz vaqti uchoq dvigateliga yonilg‘i uzatilishi ataylab to‘xtatilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda BBC nashri yozgan.
Axborotda qayd etilishicha, "Boeing-737" layneri yonilg‘i kalitlari “o‘chirilgan” holatga o‘tkazilgan. Natijada samolyot balandlikda parvoz qilayotgan payt dvigatellar ishdan chiqqan. Ushbu xulosa “qora quti” ma’lumoti tahliliga asoslangan.
"China Eastern Airlines"ga tegishli MU5735 reysi Kunmindan Guanjouga parvoz qilayotganda to‘satdan keskin pastga sho‘ng‘igan. Samolyot bir necha daqiqada minglab metr balandlikdan yerga tushgan. Dispetcherlar bir necha bor aloqaga chiqqan bo‘lsa-da, ekipajdan javob bo‘lmagan.
Darvoqe, Xitoy Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (CAA) hozirgacha yakuniy xulosa e’lon qilmagan. Rasmiylar milliy xavfsizlikni ro‘kach qilib, ma’lumotni cheklamoqda. Avvalroq tarqalgan “qasddan uyushtirilgan harakat” haqidagi taxmin ham rasman tasdiqlanmagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA