Eron tankerlari Shri-Lanka qirg‘oqlarida to‘planib qoldi
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Eron portlariga nisbatan blokadasi davom etayotgan bir paytda, Eron bayrog‘i ostidagi 20 ga yaqin tanker Shri-Lanka qirg‘oqlari yaqinida to‘planib qoldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Shri-Lankaning maxsus iqtisodiy zonasida Eron davlat tuzilmalariga tegishli qariyb 20 ta tanker joylashgan. Ularning barchasi hozircha yuksiz holda qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar Islom Respublikasiga qarshi dengiz blokadasini iyul oyida qayta tiklaganidan buyon Fors ko‘rfazidagi Eronning asosiy neft eksport terminali hisoblangan Xark orolida birorta ham tanker neft yuklamagan.
Shri-Lanka Portlar vazirligi mamlakat qirg‘oqlari yaqinida Eron tankerlari to‘plangani haqida ma’lumotga ega emasligini bildirgan.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, 24-avgust holatida Amerika harbiylari Eronga qarshi dengiz blokadasi doirasida 71 ta tijorat kemasining yo‘nalishini o‘zgartirgan, uchta kemani ishdan chiqargan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA