Shahin Seyidzoda: O‘zbekiston - Ozarbayjon munosabatlari mintaqaviy strategik ahamiyat kasb etmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Toshkentda matbuot uchun bergan bayonotlarida ikki qardosh o‘lka o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari manzarasini chizib berdi. Bu haqda Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Shahin Seyidzoda axborot hamkorimiz - "AzerTAJ"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tashrif Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy ikki tomonlama aloqalar doirasidan chiqib, keng mintaqaviy jarayonlarning muhim tarkibiy qismiga aylanganini yana bir bor namoyish etdi.
- Bu munosabatlar siyosiy ishonch, iqtisodiy bir-birini to‘ldirish, ma’naviy yaqinlik, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy strategik manfaatlar mushtarakligiga asoslanadi. Bugungi kunda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘zaro ishonchni aniq loyihalarga, siyosiy irodani iqtisodiy natijalarga, tarixiy qardoshlikni esa zamonaviy strategik sheriklikka aylantirayotgan namunali munosabatlar modelini namoyish etmoqda, -dedi Sh.Seyidzoda.
Tashrif davomida qabul qilingan "yo‘l xaritasi”, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsadi, hududlararo aloqalar va yangi qo‘shma loyihalar bunga mustahkam zamin yaratmoqda.
Ozarbayjon va O‘zbekiston yaqin yillarda yanada yaqin iqtisodiy integratsiya, zamonaviy transport hamkorligi, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va gumanitar aloqalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishishi uchun barcha asoslar mavjud.
A.Mamatov, O‘zA