Ayol huquqlari tushunchasi va uning inson huquqlari tizimidagi o‘rni
Mafura Muxtarxonovna INAGAMOVA dotsent yuridik fanlar boʻyicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O‘zbekiston ORCID: 0000-0002-1600-305X e-mail: inagamova85@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada ayol huquqlari tushunchasining nazariy-huquqiy mazmuni hamda uning inson huquqlari tizimidagi o‘rni ilmiy tahlil qilingan. Inson huquqlarining universalligi tamoyilidan kelib chiqqan holda ayol huquqlarining ajralmas xususiyati asoslangan. Shu bilan birga ayollarning fiziologik, reproduktiv va ijtimoiy o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda ularga alohida huquqiy yondashuv zarurligi masalasi ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: ayol huquqlari, inson huquqlari, gender tenglik, huquqiy maqom, xalqaro huquq, milliy qonunchilik, huquqiy kafolatlar.