Sun’iy intellekt texnologiyalarining kredit skoring sohasida rivojlanish tendensiyalari va raqamli kelajakda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
Amirjon Sherzod o‘g‘li MARDONOV o‘qituvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston Elektron pochta: amirmardonov39@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqola kredit skoring sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi huquqiy bazasi tahliliga bag‘ishlangan. Unda mashinali o‘qitish algoritmlari, xususan gradient busting va neyron tarmoqlar, muqobil ma’lumotlarga asoslangan skoring hamda ularni tartibga solish muammolari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston qonunchiligidagi bo‘shliqlar aniqlanib, xalqaro me’yoriy tajriba asosida takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan. Tadqiqot qiyosiy-huquqiy va tahliliy metodologiyaga asoslanadi.
Tayanch so‘zlar: sun’iy intellekt, kredit skoring, mashinali o‘qitish, huquqiy tartibga solish, raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalar.