Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonning "Metall prom grupp" tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi
14:49 / 2021-06-18

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyatida bo‘lib, mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganayotgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrif doirasida 44 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan "Metall prom grupp" tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mehnat migrantlarining yashash sharoitlari o‘rganilib,  pandemiya sharoitida xorijiy mamlakatlarda og‘ir ahvolga tushib qolgan mehnat migrantlariga yordam berish maqsadida #BIRGAMIZ loyihasi faoliyat yuritayotgani va ijtimoiy-huquqiy yordam haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan B.Abdurahmonov, Samarqand viloyatidan O.Jumayeva, Qoraqolpog‘iston Respublikasidan Z.Qurboniyozova 3 nafar nogiron farzandi bilan Qozog‘iston Respublikasida og‘ir ahvolda mablag‘siz qolgani sababli konsullik xizmati ko‘rsatilib, "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi.