Ucell. O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi yil eng tezkor mobil internet
Ucell o‘z tarmog‘ining yuqori darajada rivojlanganligi va taqdim etayotgan xizmatlari sifati yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining mustaqil tahlili yakunlariga ko‘ra, “COSCOM” MCHJning Ucell savdo belgisi (keyingi o‘rinlarda- Ucell) ketma-ket beshinchi marta O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet egasi deb e’tirof etildi hamda mamlakatning eng yaxshi mobil tarmog‘i maqomini saqlab qoldi.
Ucell’ga nufuzli xalqaro mukofotlar mobil texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasidagi dunyoning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lgan MWC Shanghai 2026 (GSMA) Butunjahon mobil kongressi doirasida topshirildi.

2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining mustaqil tahliliga asosan, Ucell bir vaqtning o‘zida ikkita nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi:
● Fastest Mobile Network in Uzbekistan (“O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet”) - ketma-ket uchinchi yil*;
● Best Mobile Network in Uzbekistan (“O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq”)*.
Mazkur mukofotlar Speedtest® ilovasi foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan tezlik o‘lchovlari tahlili asosida taqdim etiladi va mobil tarmoqning haqiqiy ishlash ko‘rsatkichlarini - ma’lumot uzatish tezligi, ulanish barqarorligi hamda foydalanuvchi tajribasi sifatini aks ettiradi.
Stiven Bay, “Accenture” kompaniyasi tarkibidagi “Ookla” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori:
“2026-yilning Q1-Q2 davri yakunlari bo‘yicha Ucell kompaniyasining Speedtest Awards’ning O‘zbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq va eng yaxshi mobil tarmoq sifatida mukofotlarga sazovor bo‘lishi kompaniyaning eng yuqori darajadagi mobil xizmatlarni taqdim etishga bo‘lgan qat’iy sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu e’tirof Speedtest ilovasi orqali o‘tkazilgan millionlab foydalanuvchi testlarining har tomonlama tahliliga asoslangan bo‘lib, ular tarmoqning haqiqiy ishlash samaradorligini aks ettiradi. Ucell o‘z tarmog‘ini rivojlantirishga sarmoya kiritish va ish jarayonlaridagi mukammallikka alohida e’tibor qaratishga tayyorligini namoyish etdi. Bu esa foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga xizmat qiladi”.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:
“Ushbu yutuq kompaniyamiz uchun alohida ahamiyatga ega, chunki 2026-yil Ucell O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi faoliyatining 30 yilligini nishonlamoqda. Bugungi kunda kompaniya xizmatlaridan 12 milliondan ortiq abonent foydalanmoqda. Ucell beshinchi avlod (5G) tarmog‘ini izchil rivojlantirmoqda, qamrov hududini kengaytirmoqda, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilmoqda hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etib, butun mamlakat bo‘ylab mobil aloqaning yuqori sifatini ta’minlamoqda.”
Xalqaro mukofotlar yana bir bor Ucell’ning yuqori texnologik rivojlanish darajasini tasdiqladi. Kompaniya mobil aloqa sifati bo‘yicha yuksak standartlarni belgilab bermoqda va bu standartlarni O‘zbekistonning millionlab aholisi har kuni o‘z tajribasida his etmoqda.
Ookla® mobil va keng o‘tkazuvchanlikka ega tarmoqlar samaradorligini tahlil qilish sohasida dunyo yetakchisi bo‘lib, Speedtest® xizmati hamda Speedtest Intelligence® tahliliy platformasi bilan keng tanilgan. Speedtest Awards g‘oliblari foydalanuvchilarning haqiqiy o‘lchovlari asosida aniqlanadi, bu esa mobil tarmoqlar sifati va foydalanuvchi tajribasini xolis baholashni ta’minlaydi.
* Ucell O‘zbekistonda Ookla® kompaniyasining Fastest Mobile Network va Best Mobile Network mukofotlari sohibi hisoblanadi. Ma’lumotlar manbai: Ookla® Speedtest Awards, 1H 2026 Uzbekistan – 2026 Speedtest Awards. Mukofotlar Ookla® kompaniyasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi (Q1–Q2 2026) uchun Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahlili asosida berilgan. Shuningdek, Ucell 2024-yil Q1–Q2, 2024-yil Q3–Q4, 2025-yil Q1–Q2 va 2025-yil Q3–Q4 davrlari yakunlari bo‘yicha Fastest Mobile Network, hamda 2025-yil Q3–Q4 davri yakunlari bo‘yicha Best Mobile Network mukofotlari sohibi hisoblanadi. Mazkur mukofotlar ham Ookla® kompaniyasi tomonidan Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahlili asosida taqdim etilgan. Ookla® tovar belgilari litsenziya asosida va huquq egasining ruxsati bilan qo‘llaniladi.