Trampning boyligi 7 milliard dollarga yetdi
“Forbes” jurnali so‘nggi hisobotiga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Trampning sof sarmoyasi 7 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bu 2024-yilgi prezidentlik saylovida erishilgan g‘alabadan oldingi davrga nisbatan taxminan 2,7 milliard dollar ko‘p. Tahlilchilar ta’kidlashicha, Amerika yetakchisi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlar hamda kripto loyihalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki ortidan daromadini sezilarli darajada oshirib olgan.
Nashr qayd etishicha, Amerika tarixida hali hech bir siyosatchi hokimiyat va siyosiy faoliyat orqali buncha ko‘p moliyaviy foyda ko‘rmagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA