Toşkentda ekologik intellektual musobaqa ötkazildi
Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi, Toşkent şahar partiya taşkiloti hamda “Zakovat” klubi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida "Eko-intellekt" musobaqasi bölib ötdi.
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va yoş avlod qalbida ona tabiatga nisbatan daxldorlik hissini şakllantiriş dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli ekologik islohotlar jarayonida aynan bilimli, taşabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş muhim örin tutadi.

Uşbu ezgu maqsadlarni röyobga çiqariş, oliy taʼlim muassasalari talabalarining ekologik madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada yuksaltiriş hamda ularning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş maqsadida taşkil etilgan mazkur musobaqa yoşlar örtasida soğlom raqobat muhitini yaratiş va ekologik muammolarga innovatsion yeçimlarni topiş yölidagi muhim qadam böldi.

Öyinda Toşkent şahridagi 40 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari talabalaridan taşkil topgan jamoalar iştirok etib, özlarining bilim, mantiqiy fikrlaş, tezkor qaror qabul qiliş va jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatlarini namoyon etdi.

Musobaqa davomida iştirokçilarga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, iqlim özgarişi, yaşil iqtisodiyot, bioxilma-xillik, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, çiqindilarni boşqariş hamda ekologik xavfsizlikka oid turli intellektual savollar taqdim etildi.

Qizğin va murosasiz bahslar yakunida quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni qölga kiritdi: 1-örin Toşkent davlat tibbiyot universiteti jamoasiga, 2-örin Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti jamoasiga hamda 3-örin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasiga nasib etdi.
Ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA