Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Davlat bayroği kuni nişonlandi (+video)
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Davlat bayroği kuni kötarinki ruhda nişonlandi. Bu tadbir bölajak pedagoglar uçun milliy ramzlarga hurmat va vatanparvarlikni yoş avlodga singdirişning muhim saboği böldi.
Mazkur dargohning bölajak pedagog kadrlari maktablarda yoş avlod qalbiga milliy ramzlarimizga ğurur, yurtga muhabbat va vatanparvarlik tuyğularini singdiradi. Şu bois, bu tadbir ular uçun muhim tajriba maydoni.
Tadbirda alohida qayd etilganidek, muqaddas bayroğimiz – yurtimiz suvereniteti, xalqimiz birligi, tinçligi va Vatanga sadoqatini ifodalovçi oliy davlat ramzi. Uning hilpiraşida ona zaminimizga muhabbat, xalqimiz mehnati va kelajakka işonç mujassam.
Universitet talabalari Özbekiston bayroğini şaraflab jonli kuy-qöşiqlar ijro etişdi. Sahna körinişlarida yurt uçun, bayroğimiz köklarda hilpiraşi uçun jon fido qilgan mard öğlonlar obrazlari gavdalantirildi. Şu mavzudagi tanlov ğoliblari taqdirlandi. Tadbir talabalar qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamladi.
Sanjar Toşpölatov,
Nişonboy Abduvoyitov,
Anvar Ahmedov,
ÖzA