Toşkent loyihalariga Germaniya texnologiyalari jalb etiladi
Toşkent şahrining xalqaro iqtisodiy aloqalari va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş kölami yangi bosqiçga kötarilmoqda. Poytaxt hokimligida şahar hokimi örinbosari Şarof Rahmonov hamda Germaniya işbilarmon doiralari vakillari örtasida bölib ötgan uçraşuv bunga yana bir misol böla oldi.
Mazkur muloqot doirasida tomonlar poytaxt infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va özaro manfaatli istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etiş masalalarini atrofliça muhokama qildi.
Xususan, muloqot davomida quriliş, sanoat, çiqindilarni qayta işlaş, ekologiya, muhandislik infratuzilmasi, energetika, logistika, taʼlim va tibbiyot sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bunda, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş, ikkilamçi xomaşyo oliş, zamonaviy quriliş materiallari va sanoat uskunalaridan foydalaniş, şovqin va vibratsiyani kamaytiriş texnologiyalarini joriy etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, suv taʼminoti va oqova suvlarni boşqariş, issiqlik tizimlari va qozonxonalarni modernizatsiya qiliş, sanoat nasoslari, gidravlik tizimlar hamda energiya tejamkor texnologiyalarni qöllaş imkoniyatlari körib çiqildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, logistika va transport yönalişlarini rivojlantiriş, nemis kompaniyalarini Toşkentdagi investitsiya loyihalariga jalb etiş hamda mahalliy korxonalar bilan bevosita hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşdi.

Şu bilan birga, muhokamalarda taʼlim sohasida Germaniya tajribasini örganiş, zamonaviy tibbiy uskunalarni import qiliş va mahalliy tibbiyot mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qiliş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Germaniya kompaniyalarining ilğor tajribasi va texnologiyalarini poytaxt loyihalariga jalb etiş hamda istiqbolli qöşma taşabbuslarni işlab çiqiş borasida fikr yuritildi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA