Molibden konsentrati işlab çiqarişda yuksak natija
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Mis boyitiş fabrikasining mis-molibden konsentratlarini saralaş va quritiş sexi mehnat jamoasi molibden konsentrati işlab çiqariş böyiça yillik işlab çiqariş vazifasini muddatidan oldin bajarişga muvaffaq böldi.
Joriy yilning 31-oktabr holatiga köra, işlab çiqarilgan mahsulot hajmi 782,8 tonnani taşkil etdi. Yillik vazifa esa 756,1 tonna etib belgilangan edi. Şu tariqa, jamoa ön oy davomida yillik prognoz körsatkiçini 103,5 foizga bajarib, qöşimça ravişda 26,7 tonna molibden konsentrati işlab çiqarişga erişildi.

Işlab çiqariş vazifasining muddatidan oldin bajarilişi mehnat jamoasining hamjihatlikdagi faoliyati, mutaxassislarning kasbiy mahorati hamda texnologik jarayonlarni samarali taşkil etiş natijasidir.
Maʼlumot uçun, mis boyitiş fabrikasida olinadigan molibden oraliq mahsuloti keyingi qayta işlaş jarayonlari uçun muhim xomaşyo hisoblanadi. Mis eritiş zavodida u maxsus aylanma peçlarda kuydiriladi va natijada kuydirilgan molibden oraliq mahsuloti olinadi.

Keyinçalik uşbu xomaşyo çuqur qayta işlaşga yönaltirilib, undan metall molibden hamda qöşilgan qiymati yuqori bölgan boşqa mahsulotlar işlab çiqariladi.
Molibden metallurgiya sanoatida keng qöllaniladi. U qotişmali va zanglamas pölatlar işlab çiqarişda foydalanilib, ularning mustahkamligi, yuqori haroratga çidamliligi va korroziyaga bardoşliligini oşiradi.
A. Musayev, ÖzA