To‘raqo‘rg‘onda yosh polvonlar saralanmoqda
FOTOREPORTAJ
Respublikamiz bo‘ylab keng quloch yoygan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Musobaqalar doirasida erkin kurash, yunon-rum kurashi hamda ayollar kurashi yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Yosh sportchilar o‘z mahorati, kuch-g‘ayrati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turibdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari I. Parpiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi Namangan viloyati ijrochi direktori A. Ahmadaliyev, sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F. Mamadjanov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladi. Ular bunday musobaqalar kelajak chempionlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
[gallery-28491]
Qayd etilganidek, mazkur bellashuvlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qilmoqda.
G‘oliblar musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurashni davom ettiradi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA