“Tashabbusli byudjet” jarayoni (+video)
1 fevraldan boshlangan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi davom etmoqda.
Ushbu mavsum o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi. Bunda: 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish, 21 fevraldan 7 martgacha loyihalarni saralash, 8–10 mart kunlari targ‘ibot bosqichi, 11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi, 21–31 mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu jarayonlarning qanday ketayotgani, ma’sul tashkilotning loyihalarni ko‘rib chiqish va saralash jarayonlardagi faoliyati, hozirga qadar amalga oshirilgan 9 ta mavsum davomidagi loyihalar sifati bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Sanjarbek Sultonov bilan «Markazda» loyihasida suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x7hhrY8AZWI" title="“Tashabbusli byudjet” jarayoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA