Bojxonada yirik qonunbuzarlikka chek qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan yuk avtotransport vositasiga ortilgan tovar moddiy boyliklar “qizil yo‘lak”ga o‘tkazildi va belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy sof og‘irligi 12 tonnadan ortiq bo‘lgan, 105 turdagi dastlabki qiymati taxminan 1 milliard 850 million so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti borligi aniqlandi.
Aniqlangan barcha tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartib asosida vaqtincha saqlovga olindi va qonuniy jihatdan rasmiylashtirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.