Surxondaryoda milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan yosh dizaynerlar o‘rtasida “Milliy Fashion Show” milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir milliy liboslarni keng targ‘ib qilish, an’anaviy va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizning boy madaniy merosini namoyish etish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada viloyatning 15 nafar iqtidorli yosh dizayneri o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Taqdim etilgan liboslar milliy an’analarning zamonaviy moda yo‘nalishlari bilan uyg‘unligi, rang-barangligi va o‘ziga xos dizayn yechimlari bilan ajralib turdi.
[gallery-28930]
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, yosh dizayner Shahrizoda Shukurovaning ijodiy ishi eng yaxshi deb topildi va munosib rag‘batlantirildi.
Tadbir yosh dizaynerlar uchun o‘z iqtidorini namoyon etish, tajriba almashish hamda milliy modani rivojlantirishda muhim maydon vazifasini o‘tadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA