Sohilda eshkak eshish bo‘yicha mamlakat chempionlari aniqlandi
Samarqand shahrida sohilda eshkak eshish bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston chempionatining barcha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Jumladan, musobaqaning CM1x klassida Shohruz Tolibov, Xuseyn Tolibov va Bahrom Berdiqulov shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar orasida Ma’mura Yulchiyeva, Aysanem Farxatova va Diyora Usmonaliyeva sovrinli o‘rinlarni band etdi.
Shuningdek, CM2x bellashuvlarida Asilbek Nig‘matov/Quvonchbek Xoliqulov tandemi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Saidjalol Qahramonov/Parviz Eshboyev dueti kumush, Zayniddin Nig‘matov/Shahruz Tolibov juftligi esa bronza medalga ega chiqdi. CW2x dasturida Ma’mura Yulchiyeva/Shohista Rahmonqulova mamlakat chempioniga aylandi. Madina Savina/Diyora Usmonaliyeva vitse-chempion, Rigina Raimjonova/Milena Medvedeva uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA