Sheroboddagi sement zavodi 1200 nafar aholi bandligini ta’minladi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan sement zavodi vohada qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirish, zamonaviy qurilish materiallarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
[gallery-6084]
Texnologik qismi turkiyalik hamkorlar “DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A. Ş.” firmasi tomonidan amalga oshirilgan mazkur zavodning Sherobod tumanida bunyod etilishining o‘ziga xos sababi bor. Ya’ni, 708 million tonna sement xomashyosi, shu jumladan, 530 million tonna ohaktosh va 178 million tonna tuproq (glina) mavjud eng yirik konlar aynan shu hududda joylashgan.
Qiymati 212,8 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu investitsiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida bu yerda yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli portlandsement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, 1200 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV, O‘zA